Raqamli Transformatsiya: Biznesingiz Uchun Asosiy Strategiyalar

Raqamli transformatsiya – bu zamonaviy texnologiyalar va ma’lumotlarni tahlil qilish orqali mijozlar bilan samarali hamkorlik qilish uchun xodimlarning qanday ishlashini qayta ko’rib chiqishdir.

Kichik va o’rta korxonalar – bu 250 kishigacha bo’lgan ishchilar soni bo’lgan korxonalar. Va O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 53,3 foizni tashkil etadi. 2022 yilda biznesni raqamlashtirish nafaqat raqobatdosh ustunlik, balki kompaniyaning bozorda omon qolishi masalasidir. Raqobat kuchayib bormoqda, iste’molchi qulayroq va foydali xizmatni tanlashda doimiy jarayonda. 

Bir necha kichik va o’rta kompaniyalar vakillarining so’roviga asoslangan tahliliy hisobotdan olingan tadqiqotlar asosida kichik hisob-kitoblar amalga oshirildi. Raqamli transformatsiya ularning biznesi uchuni nimani anglatishi so’rab o’tildi.

So’rovnoma natijalari

Bu quyidagilarni anglatadi:

  • Biznes-jarayonlarni raqamlashtirish: bir xil resurslar bilan tezroq va ko’proq ishlarni bajaring.
  • Ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv: aniq raqamlarni va hisobotlarni biling va foydasizlarni tezda olib tashlang.
  • Barcha bosqichlarda mijoz bilan ishlashni takomillashtirish: xatolarini tuzatish va savdo.
  • Raqamli infratuzilma: zamonaviy arzon vositalardan foydalaning.

Raqamli Transforamtsiya Qilinmaganlikni Asosiy Sabablari

Raqamli Transforamtsiya Qilinmaganlikni Asosiy Sabablari

Ko’rib turganingizdek, bydjet tanqisligi ohirgi o’rinda va korxonalar byudjetga ega degan gipoteza shakllantirildi. Ammo ko’pincha tadbirkorlar bu pulni qaerga investitsiya qilish to’g’ri ekanlingini bilishmaydi . Yoki boshqa sabablar ham bor. Masalan, rahbarlarning 57 foizi joriy operatsion yuki tufayli raqamli transformatsiyaga kirishmayapti.

Biznesingizni Maqsadlarini Bilasizmi?

Biznesni raqamlashtirishga tayyorgarlik ko’rishda kompaniya bir qator qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Birinchidan, menejmentda aniq maqsad va nima uchun raqamlashtirish zarurligi haqida tushuncha bo’lmasligi mumkin. Aniq maqsadsiz raqamlashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin emas.

Raqamli transformatsiya o’z-o’zidan maqsad emas. Bu ko’pgina biznes jarayonlarini takomillashtirish orqali yanada samarali ishlashning bir usuli. Va shuni ta’kidlab o’tish kerakki hozirgi vaqtda kichik biznesning resurslari juda cheklangan.

Har bir kompaniyada siz erishmoqchi bo’lgan maqsadlar va vazifalar nuqtai nazaridan batafsil tavsiflangan strategiya bo’lishi kerak. 

Misol uchun, quyida biz mijozlarimizdan birining kompaniyasining strategiyasini taqdim etamiz, undan aniq muammolarni hal qilish kerak edi.

Lekin biz tushunamizki, ko’plab bizneslar o’z strategiya rejasiga ega emas. Shuning uchun biz quyidagi qadamlarni taklif qilamiz.

1-Bosqich: Siz Qanday Ishlaysiz?

Asosiy jarayonlaringiz diagrammasini chizing

– mijozlar qayerdan keladi

– qiymat yaratishda kimlar ishtirok etadi

– qanday resurslardan foydalaniladi

– qanday ma’lumotlar to’playsiz (masalan: mijozlar bazasi)

Misol: Biznesning asosiy ishlash jarayoni

2-Bosqich:Biznesingizdagi Og’riqli Nuqtalar

Diagrammada muammoli joylarni toping

  •  PR va mijozlar bilan bog’lanish nuqtalari
  •  marketing va sotish
  •  mijozlarni qo’llab-quvvatlash va takroriy savdo
  •  xodimlar va resurslar

Muammolarni topgandan so’ng va maqsadlar qo’ying:

  • Ustuvorlikni belgilashga harakat qiling:

– juda muhim va shoshilinch;

– muhim, ammo shoshilinch emas;

– shoshilinch, lekin muhim emas;

– shoshilinch emas, lekin kerakli.

  • Raqamlashtirish xarajatlari 1-2 yillik mehnatingiz foydasidan ortiq bo‘lmasligi kerak

Birinchi 2 bosqichni o’zingiz bajarishingiz kerak!

Namuna

3-Bosqich Professionallarga Murojat Qiling va Aniq Talablar Qo’ying:

  • Amalga oshiruvchilar o’z tizimlarini sotishni juda yaxshi ko’radilar va sizning jarayonlaringizga chuqur kirib borishni yoqtirmaydilar
  • IT-mutaxassislari aniq muammolarni hal qilishda yaxshi
  • ERP/CRM tizimini joriy etish ham raqamli transformatsiya hisoblanadi

4-Bosqich: Boshlang

Iloji boricha standart vositalarni qo’llang: ERP tizimi (kpi.com), Tilda (vebsayt konstruktori)

– Bosqichma-bosqich avtomatizatsiyadan qo’rqmang

– Turli hil dasturiy ta’minotlar orasidagi integratsiyaga faqat ko’p vaqt yoki resurlarni tejagan taqdirdagina sarmoya kiriting

KPI tizimi sizning biznesingizni raqamlashtirishda katta rol o’ynaydi, KPI ERP tizimi mijozlarga qulay bo’lish, xarajatlarni kamaytirish, qaror qabul qilish va raqobatdosh ustunlikka ega bo’lish orqali tashkilotningizni raqamli o’zgarishiga imkon beradi.

14 Kun Bepul Ishlatib Ko’ring!