kpi.com va Mohirdev O’rtasida Hamkorlik Memorandumini Imzolandi

2022-yil 10-mart kuni IT-park rezidentilari kpi.com va Mohirdev onlayn ta’lim platformasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

kpi.com va Mohirdev vakillari

Memorandum yosh IT-mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma loyihalar, tadbirlar va mahorat darslari tashkil etish, jumladan, Mohirdev o’quvchilarning kpi.com loyihalarida ishtirok etishiga qaratilgan.

“Ushbu memorandum doirasida Mohirdev rahbariyati bilan bir qator muzokaralar olib bordik. Bitiruvchilar va kompaniya uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, xususan, talabalarning amaliyotda amaliyot o‘tashlari, kelgusida ish bilan ta’minlanishi uchun qanday imkoniyatlar yaratishimiz mumkinligi masalalari muhokama qilindi”, — dedi Muzaffar Karabaev, kpi.com rahbari.

Bundan tashqari, kpi.com va Mohirdev o‘rtasida memorandumning imzolanishi bitiruvchilarga kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng kpi.com tizimida amaliyot o‘tash imkonini beradi.

Ma’lumot uchun: kpi.com – biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun onlayn tizim bo’lib, 2007 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, korporativ tizimlar va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish sohasida muvaffaqiyatli rivojlanib kelmoqda. kpi.com tizimi O‘zbekiston va Yaqin Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lib, dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi tashkilotlar tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.